FluentX bilan Native bo'ling .
FluentX sizni CEFR Speaking testidan o‘tkazadi: Part 1.1, Part 1.2, Part 2 va Part 3. Savollarni eshitasiz va ingliz tilida ovoz chiqarib javob berasiz. Xuddi haqiqiy imtihondagidek.
CEFR Speaking testi: Part 1.1 → Part 3
Part 1.1: 3 ta qisqa savol. Part 1.2: ikkita rasm bo‘yicha 3 ta savol. Part 2: mavzu bo‘yicha uzun javob. Part 3: fikrni himoya qilish. Mikrofonga ruxsat bering va Chrome ishlating.
…
Test tugadi!
NEW: yangi CEFR speaking testi · THIS TEST AGAIN: oldingi test
FluentX sun’iy intellekt va xato qilishi mumkin. Muhim qarorlar uchun unga tayanmang.
Gapni boshlash uchun iboralar
Iborani bosing, talaffuzini eshitasiz. Keyin o‘zingizning gapingizda ishlating.
7 kunlik gapirish rejasi
Kuniga 10–15 daqiqa yetarli. Muhimi, har kuni ovoz chiqarib gapirish.
1-kun: o‘zingiz haqingizda
A1–A2 savollaridan 3 tasini tanlang. Har biriga 1 daqiqa javob bering. Telefonda yozib oling.
2-kun: kundalik hayot
Bugun nima qilganingizni 2 daqiqa davomida aytib bering. Fe’llarning o‘tgan zamon shaklini ishlating.
3-kun: rasmni tasvirlash
Telefondagi bitta rasmni oching va undagi narsalar, ranglar, joyni inglizcha tasvirlang.
4-kun: fikr bildirish
B1 savolidan birini tanlang. Fikr, sabab, misol: shu uch qismdan iborat javob bering.
5-kun: hikoya aytish
Hayotingizdagi esda qolarli voqeani boshi, o‘rtasi, oxiri bilan 2 daqiqada aytib bering.
6-kun: bahslashish
B2–C1 savolidan birini oling. Avval bir tomonni, keyin ikkinchi tomonni himoya qiling.
7-kun: eshitib taqqoslash
1-kunda yozgan javobingizni qayta eshiting va bugun xuddi shu savolga yana javob bering. Farqni o‘zingiz sezasiz.

